Fiskal tahlillar ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda QQS to‘laydigan chet el internet-kompaniyalari 635 milliard so‘m ishlab topgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,8 barobar ko'p. Bu o‘sishda asosiy hissa quyidagi xizmatlarga to‘g‘ri keladi:
— Meta (Facebook, Instagram) xizmatlari uchun sarflangan summa 240 milliard so‘mni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘p;
— Netflix daromadi 10,1 milliard so‘mga yetdi, ikki baravar o‘sishni ko‘rsatdi;
— Adobe mahsulotlariga bo‘lgan talab ikki baravar oshib, daromad 2,5 milliard so‘mni tashkil etdi;
— Amazon 2023-yilning o‘rtalarida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, 22,6 milliard so‘m ishlab chiqqan va to‘rtinchi o‘rinni egallagan;
— Booking orqali bron qilingan mehmonxona xizmatlari to‘rt baravar oshib, deyarli 20 milliard so‘mni tashkil etgan;
— Shuningdek, Apple, Zoom, Google, Yandex va Xsolla kabi kompaniyalar daromadlarini ikki yoki uch baravar oshirishgan.
Bu o‘sish, qisman so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi (deyarli 10%) bilan izohlansa-da, asosan raqamli bozorning kengayishi va odamlarning iste’mol qilish odatlarining o'zgarishi bilan boglliq.
Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi