Barcha xabarlar

Nike va Jordanning tarixiy kelishuvi

1984-yil boshida Nike'ning basketbol olamida deyarli oʻrni yoʻq edi. Converse — Magic va Bird bilan, Adidas esa Kareem bilan yetakchilik qilardi. Nike esa bor-yo‘g‘i 17% ulushga ega edi va mashhur o‘yinchilar uni tanlamasdi.

Nike kompaniyasi 1984-yilda basketbol olamida hech kimga tanilmagan Michael Jordanga pul tikdi va unga yillik $500,000 shartnoma taklif qildi — bu boshqa barcha o‘yinchilarga taklif qilinishi mumkin boʻlgan mablagʻdan 5 barobar ko‘proq edi! Bu katta tavakkal edi, ammo Nike yutqazishni xohlamasdi.

Natijada esa bu shunchaki shartnoma emas, balki oyoq kiyim tarixini o‘zgartiruvchi madaniy burilish boʻldi.

"Banned" kampaniyasi
NBA Jordanning qora-qizil oyoq kiyimlarini taqiqladi. Nike esa shu taqiqlardan foydalanib, yoshlarni o‘ziga jalb qildi. Natijada, do‘konlar sotilib ketdi, yoshlarda yangi sneaker madaniyati paydo bo‘ldi va Nike o‘z imperiyasini qurdi.

Natija
Nike bir yilda $126 million daromadga erishdi. Dastlabki maqsad esa, $3 million edi. Bugungi kunda, Jordan brendi $5,1 milliardga yetgan.
2024-11-14 10:38 Tavsiya Marketing