Marketing nimadan boshlanadi va nima bilan shug’ullanadi o’zi?
Baza - bu bizning (eski)yangi rubrikamiz. Bu rubrika ba’zilarga (ko’p yillik mutaxassislarga) juda sodda, primitiv, oddiy narsa, ba’zilarga esa dolzarb va zarur bo’ladi. Bazada biz marketing asoslari haqida qisqa, tushunarli tilda so’zlaymiz. Kuzatib boring.
Demak, birinchi maqola, marketing nimadan boshlanadi?
Yangi jamoaga, kompaniyaga keldingiz, yoki yangi kompaniya, mahsulotni boshladingiz, yoki xatto, shunchaki yangi kommunikatsion kampaniya boshlamoqchisiz. Nima qilish kerak? Maqsadni aniqlab olish kerak. Marketolog aqlida vazifa uchga bo’linishi kerak:
Demak, marketing bu “kreativ g’oyalar” va “SMM” emas. Balki Biznesning muammosiga yechim topish. Eng avvalo shu muammoni aniqlash kerak - biznes nimani istayapti? Keyin qolgan ishlar bajariladi va shu yo’l to’g’ri bo’ladi. Chunki barcha ishlar nima uchun bajarilayotganini, oxiri qanday natijaga kelishimiz kerakligi aniqlandi.
Odatda, bu jarayonda sizga reklama va boshqa biz “marketing” deb o’ylagan narsalar kerak emas. Biznes maqsadini va odamlar nega sizdan xarid qilmayotganini o’rgansangiz - oldingizda katta eshik ochiladi. Bu eshikda HARD AND LONGTERM WORK (mashaqqatli va uzoqmuddatli mehnat) deb yozilgan bo’ladi. Shunda marketing jamoasi tizim, product, research kabi ishlarga kirishadi.
Hozircha shu. Xato kamchiliklar ko’rsangiz yoki savollar bo’lsa, yozing, iltimos.
Marketing o’zbek tilida – @marketingbolimi

- Biznes maqsadlari - kompaniya o’z oldiga qanday maqsadlar qo’ygan? Odatda bu sonlar va pul ko’rinishida bo’ladi. Nech pul ishlab topishimiz kerak?
- Marketing maqsadlari - yuqoridagi maqsadga qanday erishamiz degan savolga javob beradi. Odatda insonlarning hatti-harakati bilan bog’liq bo’lishi kerak. Chunki! “Biz hozir mana shuncha pul topmayapmiz. Nega? Chunki odamlar… bizni tanimaydi, kelmayapti, qaytarib beryapti va hokazo. Demak ularning hatti-harakatlari mana bu yo’nalishga o’zgarishi kerak”.
- Kommunikatsiya maqsadlari - Ok, qancha pul kerakligi, nega bu pul yo’qligi, va odamlar qaysi tarafga o’zgarsa bizga bu pulni olib kelishini aniqladik. Endi odamlarning hatti-harakati o’zgarishi uchun, ularning fikri o’zgarishi kerak. Nima desak ular biz istagandek o’zgarishadi? Kommunikatsion maqsad mana shunday belgilanadi.