Loyiha menejeri (Project manager)
Ba’zan biznesdan ko‘zlangan maqsadlarga samarali va tizimli erishish uchun marketing kampaniyalari loyiha menejerlari (project manager — PM) yordamida boshqariladi.
Marketingda loyiha menejeri marketing loyihalari yoki kampaniyalarini rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan loyiha, mijozlar va ta’sischilar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaruvchi shaxsdir.
U loyihalar belgilangan muddatda va ko‘zlangan maqsadlar asosida bajarilishini ta’minlaydi. Bu rol jamoalar o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish, resurslarni boshqarish va loyihaning barcha jihatlari umumiy marketing strategiyasiga mos kelishini ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
Marketingda loyiha menejerining asosiy vazifalari:
1.Loyiha rejasini shakllantirish: Loyiha menejeri loyihaning maqsadlarini belgilaydi, batafsil rejani tuzadi, dedlaynlarni belgilaydi va zarur resurslarni jalb qiladi.
U loyihaning maqsadlariga erishishgacha bo‘lgan, jamoani har bir bosqichda yo‘naltiradigan yo‘l xaritasini CMO yoki marketing bo‘limi menejeri bilan ishlab chiqadi.
2. Jamoani boshqarish: Loyiha menejeri qo‘l ostidagi jamoa a’zolariga vazifalarni taqsimlaydi va har bir kishi o‘z roli va majburiyatlarini tushunganligiga ishonch hosil qiladi.
Ularga loyiha davomida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, qo‘llab-quvvatlaydi va vazifalarini loyihadan ko‘zlangan maqsadga muvofiqlashtiradi.
3. Ijroni ta’minlash: Loyiha menejeri loyiha rejasiga nisbatan ishlarning bajarilishini kuzatib boradi, vazifalar o‘z vaqtida bajarilishini va sifat standartlariga javob berishini ta’minlaydi.
U asosiy ko‘rsatkichlarni (KPI) kuzatadi va loyihani maqsadlarga moslashtirish uchun zarur bo‘lgan o‘zgartirishlarni kiritadi.
4. Byudjetni boshqarish: Loyiha menejeri loyihaning byudjetini boshqaradi, xarajatlarning ajratilgan mablag‘lar doirasida qolishini ta’minlaydi.
Bu xarajatlarni kuzatish, kelajakdagi xarajatlarni prognoz qilish va zaruratga ko‘ra byudjetni ko‘paytirishni o‘z ichiga oladi.
5. Risk menejment: Loyiha menejeri loyihaning muvaffaqiyatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan xavflarni aniqlaydi va ularga qarshi strategiyalarni ishlab chiqadi.
PM (loyiha menejeri) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish va loyihani belgilangan yo‘ldan chiqib ketmasligi uchun mas’ul.
6. Manfaatdor tomonlar bilan aloqa: Loyiha menejeri marketing jamoasi, mijozlar va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasida asosiy kontakt nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi.
U loyihaning holati haqida muntazam yangilanishlarni taqdim etadi, muammolarni hal qiladi va manfaatdor tomonlarning kutilmalarini bajarilishini ta’minlaydi.
7. Hisobot tayyorlash: PM loyihaning bajarilishi, natijalari va rejadan har qanday chetlanishlar haqida batafsil hisobotlar tayyorlaydi va taqdim etadi.
Ushbu hisobotlar yuqori rahbariyat va manfaatdor tomonlarga loyihaning muvaffaqiyatini baholash va kelgusidagi loyihalar uchun kerakli saboqlarni olishga yordam beradi.
8. Loyihani yakuniy xulosalash: Loyiha tugagach, loyiha menejeri loyihaning muvaffaqiyatini baholash, imkoniyatlarni aniqlash uchun to‘liq baholashni o‘tkazadi. Ushbu xulosalar kelgusidagi loyihalar uchun jarayonlarni takomillashtirishga yordam beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, marketingda loyiha menejeri (PM) marketing kampaniyasining samarali va muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bu esa marketing strategiyasining umumiy muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shadi.