Barcha xabarlar

Cola - taomlarning bir qismi

Coca Cola eng ko'p iste'mol qilinadigan vaziyat bu ovqatlanish vaqti. Shu sababdan brend ko'p yillardan beri ovqat yeyish va uni kola bilan ichish naqadar ajoyibligini turli kampaniyalar bilan aytib keladi.

Navbatdagi "Magic Duos" kampaniyasida esa brend o'z logotipini klassik qizil fonda sevimli taomlar nomi bilan birlashadi. Bunda Coca-Cola taomlarning bir qismi ekanligini ko'rsatadi.

Coca-Cola oldin ham "Recycle me" kampaniyasida idishlarni qayta ishlash g'oyasini olg'a surish maqsadida o'z logotipidan foydalangan edi.
2024-05-24 19:19 Reklama