Sabab nima?
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan e-tijorat operatorlari faqat mahalliy yuridik shaxslar bo‘lishi shart. Shuningdek, Temu platformasi mamlakatimizning elektron tijorat, soliq, iste’molchilar huquqlari va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga oid talablariga rioya etmagani aniqlangan.
ILMA (Istiqbolli loyihalar milliy agentligi) fuqarolarga 4-martdan boshlab yangi buyurtmalar bermaslikni tavsiya etmoqda. Agar avval buyurtma bergan bo‘lsangiz, to‘lovni qaytarib olish choralarini ko‘ring.
Endi nima bo‘ladi?
1-iyuldan e-tijorat platformalariga yangi talablar kuchga kiradi. Mahalliylashtirilmagan xorijiy marketpleyslardan foydalanish cheklanadi. Shu sababli O‘zbekistonda faoliyat yuritadigan qonuniy platformalarga o‘tish va ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.
Xorijiy platformalar kelajakda ishlay oladimi?
Hukumat aslida xorijiy platformalarni butunlay yopmoqchi emas, balki ularga mahalliy qoidalarga rioya qilgan holda ishlashni taklif qilmoqda. Agar Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliq to‘lashga rozi bo‘lsa, u yana faoliyatini davom ettirishi mumkin. Aks holda, Temu kabi boshqa xalqaro marketpleyslarlar (AliExpress, Ozon, Wildberries va boshqalar) ham 1-iyuldan keyin xuddi shunday cheklovlarga duch kelishi mumkin.
Hozircha, mahalliy va rasmiy ro‘yxatga kirgan xalqaro e-tijorat platformalaridan foydalanish eng xavfsiz yo‘l bo‘lib qolmoqda.