Barcha xabarlar

Safia o'z do'koniga havo sifatini nazorat qiluvchi sensor o'rnatdi

Toshkentdagi havo kritik holatga keldi. Buni Safia’ning havo ifloslanishini kuzatib boruvchi monitoring apparati qayd etmoqda

IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentdagi havo sifati yomonlashgan (IQAir qayd etmasa ham ko‘z bilan ko‘rarli darajada yomon). Indeks 112 ni ko‘rsatyapti, bu ko‘rsatkich sezgir guruh (turli kasalligi yoki allergiyasi borlar) uchun zararli. Toshkent ifloslangan havo bo‘yicha dunyo bo‘yicha 7-o‘rinda (hozircha).

E’tiborli tomoni shundaki, Safia qandolat uyi do’konlaridan biriga havo sifatini nazorat qilish sensori (AirVisual Outdoor) o’rnatgan edi. Safia do’koni tashqarisiga o’rnatilgan sensorlar havo ifloslanishi 155 dan oshganini ko’rsatayapti

Monitoring apparati bundan 8 oy oldin o‘rnatilgan bo'lib, tutun (PM1), mayda chang (PM2,5), yirik chang (PM10), harorat, nisbiy namlik va barometrik bosimni doimiy o‘lchab boradi.

Safia monitoring apparatini dunyo bo‘ylab havo sifatini kuzatib boruvchi IQAir platformasiga ham integratsiya qilgan.

Gidrometeorolog Erkin Abdulahatov holat bo‘yicha shunday deydi:
"Aqli-hushi joyida korxona rahbarlari xodimlari uchun kasb faoliyatini yaxshilashda bu kabi kuzatuvlarni amalga oshirishiga qadam qo‘yadi".
O'zimizda