Barcha xabarlar

Kosmosda reklama paydo boʻlishi mumkinmi?

Odamlar hatto daftar muqovasidan reklama vositasi sifatida foydalanayotgan bir vaqtda, hozircha faqat osmonga qarab reklamalardan qochish mumkin... Lekin endi bu ham uzoqqa choʻzilmasligi mumkin!

Tasavvur qiling, tunda shunchaki osmonga qaraysiz... va u yerda ham reklama! Yulduzlar orasida "Coca-Cola — tafovutni his qiling" degan yozuvni koʻrish qiziq boʻlsa kerak?!

Kosmosda reklama joylashtirish g‘oyasi marketing olamida anchadan beri muhokama qilinmoqda. Hatto 2000-yilda Pizza Hut Rossiya raketasiga o‘z logotipini joylashtirish uchun 1 million dollar sarflagan.

Kosmos – yangi reklama maydonimi?

Kosmik reklama ikki xil bo‘lishi mumkin:

➖ Oddiy (No-obtrusive) – reklama raketalar, skafandrlar yoki sun’iy yo‘ldoshlarga joylashtiriladi. Hech kimni bezovta qilmaydi.

➖ Osmonda yaltirab turuvchi (Obtrusive) – reklama sun’iy yo‘ldoshlar orqali osmonda yorqin namoyon bo‘ladi.

Pul bormi? Unda muammosiz!

Tadqiqotlarga ko‘ra, 50 ta sun’iy yo‘ldosh orqali reklama yaratish 65 million dollar turadi, lekin atigi 3 oy ichida 111 million dollar daromad keltirishi mumkin!

Bunga hamma rozi boʻladimi?

Amerika Astronomik Jamiyati bunday reklamalarga qarshi chiqmoqda. AQShda bunday loyihalar taqiqlangan, ammo boshqa davlatlar hali bu borada cheklov qo‘ymagan.

Xulosa qilib aytganda, kosmik reklama marketing uchun foydali boʻlishi mumkin. Brendlar bunday imkoniyatdan foydalangan taqdirda ham, marketingning asosiy tamoyili hech qachon o‘zgarmaydi: mijozni zeriktirish emas, unga haqiqiy qiymat berish kerak!
Tavsiya Chet elda Biznes