Barcha xabarlar

Facebook logotipi minimal darajada o‘zgardi

Meta kompaniyasi o‘ziga tegishli Facebook ijtimoiy tarmog‘i logotipini yangiladi (“yangiladi” so‘zi juda ko‘p bu o‘zgarish uchun, aslida). O‘zgarish faqatgina logodagi ko‘k rangning to‘qlashgani va “f” harfidagi sezilar-sezilmas o‘nglanishdan iborat.
“Bizning maqsadimiz yanada samimiy, ko‘k va abadiy bo‘lgan Facebook logotipining yangilangan dizaynini yaratish edi. Har bir o‘ziga xos yangi takomillashtirish ilova identifikatorining asosiy elementi sifatida butun dizayn bo‘ylab ko‘proq uyg‘unlikni ta’minlaydi. Biz buni Facebook’ning asosiy ko‘k rangining yanada ishonchli ifodasini qo‘shish orqali qildik, bu bizning ilovamizda ko‘rish uchun qulayroq bo‘lishi va “f” ning ajralib turishi uchun kuchli kontrastni ta’minlaydi”, — deydi Meta o‘z blogida.

Meta tarmoqning logotipini jiddiy tarzda o‘zgartirmasligiga sabablar bor va shu bilan birga yo‘q ham. Birinchidan, kompaniyaning ma’lum qilishicha, kunlik aktiv foydalanuvchilar soni 2 mlrddan oshgan. Ikkinchidan, yirik ijtimoiy tarmoq avvaldan aynan ushbu ko‘k va “f” harflari bilan ko‘pchilikka tanish. Quyidagi videoda Facebook logosi evolyutsiyasi ko‘rsatilgan.

Logotipdan tashqari, kompaniya ilova uchun keng rang palitrasini ham qo‘shdi, unda ko‘k asosiy rang hisoblanadi. Shuningdek, rebrending paytida reaksiyalar, tipografiya va messenjer piktogrammalari ham o‘zgardi.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Dizayn Marketing