Barcha xabarlar

2024-yildagi eng qimmat 100 ta brend

Dunyodagi eng qimmat 100 ta brendning umumiy qiymati 5 trillion dollardan oshadi.

Brendlar aksiyadorlar foydasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi, ammo brendning o‘zi qancha turishini hisoblash qiyin. Brendga investorlar ko‘p — o‘n yillar davomida dividendlar to‘lashi mumkin, ammo bu moliyaviy imtiyozlar talqin qilinishi uchun ochiq bo‘lgani sababli, aksariyat moliyaviy tartibga soluvchilar odatda balansdagi brend aktivlarini qabul qilmaydi.

Boshqa tomondan qaraydigan bo'lsak, Apple o‘zining moliyaviy hisobotida eng qimmatli aktivlaridan biri — 516,6 milliard dollarlik brenddan mahrum.

Ushbu statistika Brand Finance’ga asoslanib tuzilgan.

Brendni qanday baholash mumkin?

Umuman olganda, brendning qiymati kompaniyaga foyda keltirganlik darajasi bilan hisoblab chiqiladi. Brand Finance analiziga ko’ra Instagram va WhatsApp’ga egalik qiluvchi Meta misolida tahlil qildi.

Umuman olganda, Apple brendining qiymati o‘tgan yilgi reytingga qaraganda 217 milliard dollarga oshdi.

iPhone sotuvi pasaygan bo‘lsada, kompaniya o‘z mahsulot qatorini taqiladigan qurilmalardan (VisionPro) Apple TV’gacha kengaytirmoqda. Brand Finance so‘rovnomasida qatnashgan odamlarning 50% dan ortig‘i o‘z mahsulotlari qimmat bo‘lishiga qaramay, narxga arziydi, deb aytishdi.

Boshqa tomondan, Tesla brendi qiymati 58,3 milliard dollarga tushib, o‘tgan yildan beri birinchi o‘ntalikdan tushib ketdi. Bu yangi va arzonroq elektr transport vositalari (EV) ishlab chiqaruvchilari, xususan, BYD savdolari ortib borayotgani sababli sodir bo‘ldi. Xitoy bozoridagi kuchli talabdan kelib chiqqan holda, BYD 2023-yilda dunyodagi eng ko‘p sotilgan EV kompaniyasiga aylandi. Darhaqiqat, O’zbekistonda ham eng ko’p sotilgan yangi avtomobillarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i EV lar hisoblanadi.

Qaysi brendlar eng yuqori o‘sishga erishdi?

Investorlar AI aksiyalariga yopishishi va xotira chiplariga talab tezlashishi bilan Nvidia brendining qiymati oshdi.

Kompaniya 2024-yil yanvar oyining oxirida 1 trillion dollarli bozor kapitaliga ega bo‘ldi. Shunday qilib, u bu dovondan o‘tgan beshinchi kompaniya boldi. Bu Netflix, Tesla va Walmartni birlashtirganda xosil bo‘ladigan summadan ham kattaroq.

Eng qimmat brendlar: AQSh yetakchilik qiladi

2024-yilda 100 ta eng qimmat brendning yarmidan ko‘pi AQShda joylashgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 3,2 trillion dollarni tashkil qiladi.

Reytingdagi kompaniyalar soni bo‘yicha Xitoy ikkinchi o‘rinni egalladi, uning qiymati 84,2 milliard dollar bo‘lgan ichidan TikTok eng qimmat brend hisoblanadi. Qizig'i shundaki, Xitoyning ko‘plab qimmatbaho brendlari moliyaviy sektorda to‘plangan.

Rivojlanayotgan iqtisodiy kuch sifatida Hindistonning eng qimmat brendi Tata Group hisoblanadi. 1868-yilda tashkil etilgan konglomerat texnologiya va ishlab chiqarishdan tortib, avtomobilsozlik va po‘lat sanoatigacha bo‘lgan turli sohalardagi 30 ta kompaniyani o‘z ichiga oladi. Tata Technologies 2024 yil oxirida 2,5 milliard dollarga baholangan holda IPOga chiqishi rejalashtirilgan.

50 dan ortiq mamlakatlarda 245 million mobil aloqa mijozlari bilan Germaniyaning Deutsche Telekom kompaniyasi Yevropadagi eng qimmatli hisoblanadi va Verizonni global miqyosda eng qimmat telekom brendi sifatida ortda qoldirdi.

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
Chet elda