TBC Bank endi Visa va Mastercard’ning O‘zbekistondagi strategik hamkori
Yaqinda TBC Bank birdaniga ikkita shartnomani imzoladi: biri Visa bilan, boshqasi Mastecard bilan.
Bu shartnoma shunchaki bank xizmatlarini ko‘paytirish emas. Rejalar ko‘proq to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan — osonroq, qulayroq, xavfsizroq qilishga.
Albatta, universal kartalar ham bo‘ladi. Ular bilan mamlakat ichida ham, undan tashqarisida ham to‘lashingiz, yoki, global savdo do‘konlaridan narsa sotib olishingiz mumkin. Masalan, Amazon’dan. Keyinchalik esa kompaniyalar mijozlarga keshbek va boshqa bonuslarni taqdim qilishni rejalashtirgan.
Lekin, hamkorlik bu bilan cheklanmagan. Chunki Visa va Mastercard texnologiyani — sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va boshqa sohalarni rivojlantiradigan kompaniyalar. TBC Bank orqali esa ular bizda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni olib kelishi mumkin.
Xullas, bundan keyin bank va ikkita global to‘lov tizimlari xalqaro pul o‘tkazish imkoniyatlarini yaxshilab, xavfsizligini oshirishga harakat qiladi.