Barcha xabarlar

Charchamang - Ishonch yozgi kampaniyasini taqdim etdi

Ishonch texnika va uy jihozlari tarmog'i Synthesis (Sintez) agentligi bilan birgalikda yozgi marketing kampaniyasini ishlab chiqishdi. Brend kun bo'yi xizmatda yurgan insonlarni qo'llab quvvatlaydi va ularga charchamaslikni tilab qoladi.

Rolikda O'zbekistonliklar turli kundalik yumushlar va tadbirlar bilan bandligi, uyda esa Ishonchdan xarid qilingan texnika oldida xordiq chiqarayotgani ko'rsatilgan.
"Biz o'tgan yili biz o'zimizning, oddiy insonlarni olqishlagan edik. Ular jaziramaga qaramay dalada yer chopishadi, tandir oldida yon yopishadi, to'y-hashamlar qilishadi, insonlarni konditsionersiz mashinalarida manzillarga eltishadi, issiq qozon oldida turib hayotimizni shirin qilishadi. Ular issiqdan qo'rqmaydi, chunki o'zlari istarasi issiq, iliq qalbli insonlardir. Biz ularga charchamaslikni tilab qolamiz" - deydi, Sintez ijodiy direktori, Farrux Sharipov

Video rolik Abstract agentligi bilan suratga tushurilgan. "Ko'chada olingan barcha kadrlar $1,5ming turadigan kameraga, 4 kun davomida olindi. Turli maskanlarni aylanib, haqiqiy odamlarni kameraga tushurdik" - deb, qo'shimcha qildi Farrux

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
O'zimizda