IMAN startapi dunyoning eng yaxshi 30 ta Islomiy iqtisodiyot startaplari qatoriga kirdi.
Salaam Gateway va DinarStandard hamkorlikda dunyodagi eng yaxshi 30 ta raqamli islomiy startaplar ro'yxatini taqdim etdi. Bu startaplar islomiy qadriyatlarga asoslangan xizmatlar va mahsulotlar taqdim etib, global miqyosda o'sib bormoqda.
Bu yilgi ro'yxatning e'tiborli jihati — IMAN Investning kuchli 30 talikka kirishi. Bu O‘zbekistonning islomiy iqtisodiyotda ham natijalarga erishayotganidan dalolat.
IMAN Invest haqida qisqacha:
IMAN Invest — O‘zbekistonning islomiy moliya sektoridagi yetakchi kompaniyalardan biri. Bu startap shariatga muvofiq innovatsion yechimlar bilan xalqimizga xizmat ko'rsatib, moliyaviy jihatdan barqarorlik va rivojlanishga hissa qo'shmoqda.
Baholash asoslari:
Kompaniyalar quyidagi mezonlar asosida baholandi:
— Islomiy yo'nalish (35%): Qancha va qay darajada Islom/Shariat qadriyatlariga asoslanganligi.
— Moliyalashtirish qiymati (25%): 2020 yildan hozirgi kungacha jalb qilingan mablag‘lar.
— Xodimlar soni (10%): LinkedIn ma'lumotlari asosida xodimlar soni.
— Veb-trafik reytingi (20%): Similarweb ma’lumotlariga asoslangan veb-sayt reytingi.
— Qidiruvlar (10%): Google qidiruvlari orqali qiziqishlar soni.
Ma'lumotlar DinarStandardning 'ImpactIntell' ma'lumotlar bazasi, kompaniya veb-saytlari, ijtimoiy media va matbuot relizlari hamda Crunchbase, Tracxn, Similarweb kabi uchinchi tomon surishtiruv vositalaridan yig‘ildi.