Endi WhatsApp’da ham kanallar bo’ladi
Global yangilanishni ishga tushirish uchun yangi messenjerning quyidagi funksiyalari e’lon qilindi:
— Yaxshilangan katalog. Tizim kengaytirilgan qidiruvga ega bo‘ladi, kanallar mamlakatingizga qarab filtrlanadi, shuningdek, siz obunachilar soniga ko‘ra eng faol va ommabop kanallarni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi;
— Reaksiyalar. Foydalanuvchilar emojilarni o‘rnatishi va yuborishi, shuningdek, reaksiyalarning umumiy sonini ham ko‘rishi mumkin bo‘ladi;
— Tahrirlash. Kanal adminlari post e’lon qilingan kundan boshlab 30 kun ichida uni tahrirlashi mumkin;
— Yo‘naltirish (forward). Ma’lumotni boshqa chat va guruhlarga yuborish va qiziquvchilar uchun xabarga kanalga havola qo‘shish mumkin bo‘ladi.
Avvalroq WhatsApp videoxabarlar — Instant Video Messages funksiyasini joriy qilayotgani xabar qilingandi.