Meta $260 million zarariga Giphy plarformasini sotmoqda
Meta ikki yil oldin Giphy - gif qidirish platformasini $315 millionga xarid qilgan edi. Bu haqida kanalimizda xabar berganmiz. Ammo 2021-yilda Britaniya Monopoliyaga Qarshi Kurashish Qo'mitasi Facebookning ishlaridan shubhalanib, kelishuvni muzlatishga erishgan va ish ochgan.
Britaniya Antimonopoliyasi qo'yayotgan ayb shundan iboratki, Meta (Facebook, Instagram, Whatsapp) ushbu xarid bilan bozordagi raqobatni yo'qotmoqchi va boshqa ijtimoiy tarmoqlar Giphy platformasiga kirishiga to'sqinlik qilmoqchi.
Yaqindagina Yevropada Mark Sukerberg yana sud oldida javob berdi. Ayblar qo'yildi. Shuningdek, kompaniya aktividagi Giphy platformasini qayta sotuvga qo'yishga majburlashdi. Natijada platformani Shutterstock kompaniyasi $53 millionga xarid qilishini e'lon qildi. Manba Guardian. Antimonopoliya ishlasa natijalar shunday bo'lar ekan, mana.
Nega bunchalik arzon narxda ekanligi, avvalgi xarid kelishuvining barcha qismi to'langanmi yo'qmi, bular noma'lum va ko'pchilik uchun ayniqsa arzon narx savoli qiziqligicha qoldi.
Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi