O‘zbekistonda iste’molchilar ishonchi indeksi rekord darajada ko'tarildi, deya xabar bermoqda spot.uz Freedom Finance Global tadqiqotiga tayanib.
Dekabr oyida iste’molchilar ishonchi 135,3 punktga yetdi, bu noyabr oyiga nisbatan uch pog‘onaga ko‘p. Bu o‘sish aholining yaqin kelajakdagi iqtisodiyotga va shaxsiy moliyaviy ahvoliga bo‘lgan ishonchi yuqori ekani hamda tejashdan ko‘ra ko‘proq pul sarflayotganini bildiradi.
Aholining to‘rtdan uch qismi 2024-yil oxirigacha moliyaviy ahvoli yaxshilanishini kutmoqda. Masalan, Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 75 foizdan 81,1 foizga, Buxoro viloyatida esa 70,2 foizdan 78,1 foizga oshgan. Prognozlarga ko‘ra, yaqin 12 oyda iqtisodiy o‘sish istiqbollari 2,6 ball (161,2)ga oshishi kutilmoqda. Joriy vaziyatni baholash subindeksi 129,6 ga, yil davomidagi o‘zgarishlarni ijobiy baholaganlar ulushi esa 55,1 foizga oshdi.
“O‘zbekiston o‘tgan 2023-yilda iste’molchilar ishonchi oshgan yagona davlatga aylandi. Aholining iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar va shaxsiy moliyaviy ahvoliga bahosi sezilarli darajada yaxshilanib, rekord darajaga yetdi”, — deydi tahlilchi Daniyar Orazbayev.
Dekabr oyida kredit ishonchi biroz pasayganiga qaramay, iste’molchilar ishonchi ko‘rsatkichlari o‘sishda davom etdi. Kreditlar uchun joriy vaqtni qulay deb hisoblaganlar ulushi 29% (-2,6%) bo‘lsa, depozitlar bo‘yicha esa 39,8% (+0,3%) tashkil etdi. Bundan tashqari, ishsizlik ko‘rsatkichlar o‘sishini taxmin qilganlar soni qariyb 3 foizga (38,3 foizgacha) kamaydi.
Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi