#LyubeKerakmas: Faollar urushni qo'llab-quvvatlayotgan guruh O'zbekistonda konsert berishiga qarshi
Bloger va kreativchi Mirzo Zominiy Nikolay faollarni Rastorguyev boshchiligidagi “Lyube” guruhi Toshkentda konsert berishini to'xtatish bo'yicha fleshmobga chaqirdi. Gap shundaki, Nikolay Rastorguyev "Z" propogondachisi hisoblanadi, ya'ni urushni qo'llab-quvvatlaydi.
"Bu haftaning boshida ruslar Kiyevdagi bolalar shifoxonasi – Ohmatditni bombalashi oqibatida 36 odam halok bo‘ldi, 140 nafari esa jarohatlandi. Bu hali urushdan bir parcha xolos. Mustaqil davlat hududiga bostirib kirgan Rossiyaning propaganda quroli ham to‘xtamayapti. Qanchadan-qancha o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari askar sifatida yollanib, halok bo‘lishyapti", deb yozadi bloger.
“Lyube” guruhi shu yilning 20-sentyabrida "Xalqlar do'stligi" saroyida konsert berishi kerak, hozirda blogerlar ushbu fleshmobni qo'llashni, ulashishni boshladi. Xususan, bloger Shahnoza Soatova ham bu bo'yicha post yozdi .
"Agar jamiyatimizda vatanparvarlik va jangovarlik ruhini ko‘tarish kerak bo‘lsa, o‘zimizning sanʼatkorlar buni qilsin. Urushayotgan tomonlardan birining Mudofaa vazirligi jamoatchilik kengashi aʼzosi bo‘lgan Rostorguyev Toshkentda konsert berishi bizning betarafligimizga jiddiy savollar tug‘dirishi mumkin", deydi Shahnoza Soatova.