Dunyoga mashhur "Coursera" onlayn ta'lim platformasi "Global Skills Report 2024" tahlilini e'lon qildi. U platformadagi insaytlarga asoslanib tuzib chiqilgan.
Tahlilda ischi kuchiga nisbatan o'quvchilar soni bo'yicha yetakchi TOP 20 davlat ro'yxati keltirilgan. E'tiborlisi, O'zbekistonda unda 6,25 foizlik natija bilan yetakchilik qilmoqda.
Ikkinchi o'rinda deyarli ikki baravar farq – 3.83 foiz bilan Singapur keltirilgan. Uchinchi o'rinni esa ishchi kuchining 2.07 foizi Coursera'da o'qiyotgan BAA egallagan.

To'liq jadval bilan quyidagi suratda tanishib chiqishingiz mumkin.
Ushbu statistikani shakllantirishda o'tgan yil davomida Coursera'da kamida bitta kursn boshlaganlar hisobga olingan.
"Raqamli yetakchilar ish bilan bog'liq bo'lgan qulay o'rganishga sarmoya kiritib, nafaqat iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlikni oshiribgina qolmay, odamlarning o'zgarishlarga moslashishi va muvaffaqiyat qozonishi uchun imkoniyatlar yaratadi", deyiladi Coursera tahlilida.
Ma'lumot uchun, 2022-yilda O'zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park va "Coursera" vakillari memorandum imzolagan. Unga ko‘ra, 2023-yildan boshlab 1,2 million o‘g‘il-qiz IT’ning 3 ta asosiy yo‘nalishi (frontend, Python course, IT-English) bo‘yicha Coursera ta’lim platformasida onlayn kurslarda bepul qatnashishi nazarda tutilgandi.