Barcha xabarlar

Clean Creatives community’si ba’zi agentliklarga qarshi “urush” boshladi

Marketing va PR agentliklari turli sohadagi mijozlar bilan ishlaydi. Clean Creatives agentliklarni iqlim o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi yoqilg‘i sanoati vakillari bilan ishlamaslikka targ‘ib qiluvchi harakat.
Clean Creatives har yili yoqilg‘i kompaniyalari bilan ishlovchi agentliklar ro‘yxati — F-list’ni e’lon qiladi. McCann, Oglivy, Grey, BBDO FCB kabi 300dan ortiq agentliklar bor bo'lgan, yaqinda e’lon qilingan 2023-yilgi listni targ‘ib qilishda o‘ziga xos posterlar ishlatdi. Kopirayt quyidagicha:

Siz kreativchilari va bu iste’dodingizni dunyoni yaxshiroq maskanga aylantirishda ishlatib kelasiz.

Lekin sizning agentligingiz TotalEnergies, PGE, Aramco, Shell kabi yoqilg‘i sanoati vakillari bilan ishlamoqda.

Bunday kompaniyalar osmonlarimizni sariq, dunyomizni issiqroq bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Bu sizning aybingiz emas, lekin siz buni tuzatishingiz mumkin, biz esa sizni qo‘llab-quvvatlay olamiz.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Marketing Chet elda