Bloger Shahnoza Soatova ayollarni e’zozlashga chaqiradigan reklamalarni tekinga e’lon qildi — izohlarda yozilgan eng kreativ reklamalar
Chellenjga aylanib ketgan ushbu turdagi reklamaga Bahriddin Chustiy va Zafar Hoshimov ham qo‘shildi.
“Aksu” restoranlar tarmog‘i asoschisi Bahriddin Chustiy Shaxnoza Soatovaning Facebook’dagi posti izohiga “Ovqat qildirma xotinga, xotin tengdir oltinga” deb yozgan.
Bundan ba’zi turfirmalar ham unumli foydalanishmoqda. Masalan, YummyTour turistik sayohat firmasi o‘zini shunday reklama qilgan (faqat bloger posti ostida): “Xotinga kam ish buyur, aylantirib kelgin tur”.
IT mutaxassis va videograflar ham shu yerda. Masalan, R/A Production videoprodakshn kompaniyasining teksti: “Video olmasin ayol, съёмка qilishga biz bor!”.
Texnomart'da esa ikki qator emas, naqd 4 qator: “Xotinga qildirma ish, Idish-tovoq, kir yuvish. Supurib-sidirmasin, Texnikadan qo‘ymasin”.
Korzinka supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov esa bu trendga Twitter’da qo‘shildi: “Ayol qilmasin bozor, bizda KorzinkaGo bor!”.
Bloger Shahnoza Soatova o‘z va’dasining ustidan chiqib, yuqoridagi reklama tekstlarini o‘z Telegram kanali va Facebook sahifasida ulashgan.
Xo‘sh, sizning variantingiz qanday bo‘lardi? Izohlarda yozib qoldiring.