Barcha xabarlar

"Yandex" O‘zbekistonlik dasturchilar uchun haq to‘lanadigan amaliyot joriy qiladi

"Yandex Uzbekistan" pullik amaliyot dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda, deya xabar bermoqda kompaniyaning matbuot xizmati "Spot"ga.

Amaliyotda talabalar va "junior" darajadagi frontend va backend dasturchilar, ma’lumotlar tahlili va testlash yo‘nalishlaridagi IT-mutaxassislar qatnashishi reja qilinmoqda.

Dastur Toshkentdagi ofisda o‘tkazilib, 3 oydan 6 oygacha davom etishi mo‘ljallangan.

Qabul qilinganlar amaliyot davomida ish haqi oladi va yirik IT-kompaniyalarda real loyihalar ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O'zimizda Biznes Tavsiya