Yosh kreativchilar suvni tejashga oid ijtimoiy loyiha konsepsiyasini ishlab chiqdi
O'zbekistonlik yosh kreativchilar Ahmad Sobitov va Mirzo Zominiy "H2O: Suv haqida yangi maqollar" nomli ijtimoiy loyiha konsepsiyasini ishlab chiqdi va hamkorlikka chorlamoqda.
Ushbu loyihada suv bo‘yicha stereotiplarni parchalash uchun tashqi (outdoor) kommunikatsiya orqali o‘zbek tilida keng tarqalgan maqol va iboralar to‘g‘rilab chiqilgan. Masalan, "Suv tekin" iborasi "Suv bebaho"ga o'zgartirilgan. Va bu, albatta, faqatgina tashqi reklama uchun emas.
"Masalan, u biror kompaniya yoki bank, to‘lov tizimining ESG loyihalari doirasida kollaboratsiya bilan mablag‘ keltirishi mumkin va bu xayriya uchun yo‘naltiriladi", deb yozadi Ahmad Sobitov o'z Telegram kanalida.
Ular davlat hamda biznes sohasi vakillarida, bank yoki kompaniyalarda bu loyihani qo‘llab-quvvatlash niyati bo‘lsa, konsepsiyani birga amalga oshirishga tayyor ekanini bildirgan.