Barcha xabarlar

Soliq qo‘mitasi SIga asoslangan DavrOn nomli virtual yordamchi ishlab chiqdi

Soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu virtual yordamchi qo‘mitaning SIga asoslangan uchinchi loyihasi bo‘lib, murojaat qiluvchilarga 24/7 xizmat ko‘rsatadi.

"DavrOn"ning asosiy vazifasi soliq to‘lovchilarga shaxsiy tavsiyalar va tezkor maslahatlar berishdan iborat.

Unga hozirgacha Soliq kodeksi, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, tushuntirishlar va tez-tez beriladigan savollarga javoblar bazasi o‘rnatilgan va bu maʼlumotlar bazasi uzluksiz yangilab boriladi.

DavrOn’ga savollarni ai.soliq.uz sayti orqali berish mumkin. Virtual yordamchi o‘zbek, rus va ingliz tillarida samimiy muloqot qila oladi.
Tavsiya O'zimizda