White Square ijodiy hakamlar hay’atini e’lon qildi. Ular orasida o‘zbekistonlik Farrux Sharipov ham bor
Har yili dunyoning 35 dan ortiq davlatidan agentlik va brendlar vakillarini jamlaydigan, butun dunyo professional hamjamiyatining tan olingan festivallaridan biri bo‘lgan “White Square” xalqaro ijod festivali hakamlar hay’ati a’zolarini e’lon qildi.
2024-yilda “White Square” festivalining arizalari marketing kommunikatsiyalarining zamonaviy modelini shakllantirgan eng yorqin shaxslar, ijodkorlik sohasidagi ko‘plab mukofotlar sovrindorlari hamda yetakchi xalqaro tanlovlarning tajribali hakamlar hay’ati a’zolaridan iborat 6 ta xalqaro mutaxassis tomonidan baholanadi.
E’tiborli tarafi hakamlar hay’ati orasida O'zbekistonning “Synthesis” agentligi ta'sischisi va kreativ direktori Farrux Sharipov ham bor.
Ishtirok etish uchun arizlalar qabuli 3-mayga qadar davom etadi. To'liq ma'lumotni whitesquare-festival.com rasmiy veb-saytidan ko‘rish mumkin.