Elon Musk nega Pavel Durovni qo'llab quvvatladi — ularni nima birlashtiradi?
Hammasi Telegramdan ancha oldin boshlangan edi — Facebookning ruscha variantivaso'z erkinligi Facebook'dan ilhomlangan Durov uning ruscha variantini yaratishga qaror qiladi va 2006-yilda Vkontakte(VK)ga asos soladi. 2007-yilda foydalanuvchilar soni 1 millionga, 2008-yilda esa 10 millionga yetdi. 2008-yil dekabr oyida VK Rossiyaning eng asosiy raqobatchisi Odnoklassnikidan o‘zib ketdi va 3 milliard AQSH dollariga baholanadi.
2014-yil 16-aprelda Durov Rossiyaga moyil prezident Viktor Yanukovichga qarshi chiqqan ukrainalik namoyishchilarning shaxsiy ma’lumotlarini Rossiya Federal Xavfsizlik xizmatiga topshirishdan va Aleksey Navalniyning VKdagi sahifasini bloklashdan ochiq-oydin bosh tortdi.
Natijada, 2014-yil 21-aprelda Durov VK bosh direktori lavozimidan ozod qilindi. Durov aytishicha u foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini federal huquqni muhofaza qilish organlariga topshirishdan bosh tortgani sabab kompaniya Vladimir Putinning ittifoqchilari tomonidan egallab olingan.
Durov so'z erkinligi uchun ochiqchasiga kurashadi va uni cheklashga urinayotgan tizimni tanqid qiladi. 2014-yilda kompaniyaning yangi egalari va Rossiya hokimiyat organlarining tazyiqi sabab VK bosh ijrochi direktorligidan bo'shab Rossiyadan chiqib ketarkan "orqaga qaytish rejasi yo‘q"ligini va "mamlakat hozirda internet biznesiga mos kelmasligini" aytadi.
Durov shu bilan to'xtab qolmadi — Telegram va so'z erkinligi
Rossiyani tark etgach, u Karib dengizining Sent-Kits va Nevis mamlakatining shakar sanoatini diversifikatsiya qilish jamg‘armasiga 250 000 dollar xayriya qilish orqali u yerning fuqaroligini oladi. Bu unga navbatdagi kompaniyasi - Telegramni yaratishga e’tibor qaratish imkonini berdi.
Durov 2017-yilda BAAga ko'chib o'tadi va bor kuchini Telegramni rivojlantirishga beradi. Berlinda joylashgan Telegram bosh ofisini ham Dubayga ko'chiradi.
Rossiya hukumati Durovni Dubayda ham o'z holiga qo'ymadi. 2018 yilda Telegram Rossiya xavfsizlik xizmatlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun Rossiya Telegramni bloklashga urinadi.
Durovning aytishicha Telegram "geosiyosatdagi o‘yinchi" emas, balki "neytral platforma" bo‘lib qolishi kerak.
Telegram foydalanuvchi ma'lumotlarini qattiq himoya qiladi va so'z erkinligini ta'minlashga harakat qilib kelmoqda. Bu jihatdan Telegram Elon Muskning X'iga o'xshaydi.
Shunday. Elon va Durovni so'z erkinligi uchun kurash birlashtiradi. Shuning uchun ham Durov Fransiyada qamoqdaligida Elon uni X'da #freePavel (Pavelni ozod qilinglar) heshtegi ostida qo'llab quvvatladi.
2024-yil 25-avgust Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Durov 15,5 milliard bilan dunyoning 120-o‘rindagi eng boy insoniga aylangan. 2022-yilda Forbes uni Birlashgan Arab Amirliklaridagi eng boy ekspat sifatida e’tirof etgan. 2023-yil fevral oyida esa Arabian Business nashriyoti Durovni Dubayning eng nufuzli tadbirkori deb e’lon qilgan.
Durov Fransiyada qo'lga olinguniga qadar shunaqa gaplar edi...
Durov — qiziq shaxs: - Durovda 4 ta davlat fuqaroligi mavjud: Rossiya, Sankt-Kits va Nevis, BAA va Fransiya. - U vegetarian, ya'ni go'sht yemaydi. - Spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar, kofein iste'mol qilmaydi. - Tez-tez ovqatlanishdan o‘zini tiyadi. - Doimiy sport bilan shug'ullanadi. - Minimalism, ya'ni iloji boricha kamroq shaxsiy mol-mulkga egalik qilishni targ'ib qiladi. 15 milliardlik boyvachchada deyarli hech qanday mol-mulk yo'q. - Kreativlikni rivojlantirish uchun yiliga kamida olti kun davomida faqat suv bilan kun kechiradi.