Barcha xabarlar

Qanday qilib oddiy g'oyadan ham reklama, ham ijtimoiy rolik, ham elektr energiyasi paydo bo'ldi?

Shunday kichik do'kon egalaridan birining aytishicha:
Agar ichimliklar isib qolsa, uni qayta sovutib olish mumkin. Lekin, muzqaymoq erib ketsa, u iste'molga yaroqsiz bo'lib qoladi.

Kichik do'konlar oldida muzqaymoqlar va ularning narxi ko'rsatilgan narxlar taxtasi bor. Sotuvning 3 dan 1 qismi aynan ushbu narx taxtalari orqali keladi.

Taxtalar kuni bo'yi ko'chada turadi. Bu degani — tuganmas elektr energiyasi. Qanday qilib deysizmi?

Cornetto, Twister, Calippo, Feast va Solero kabi mashhur muzqaymoqlar ishlab chiqaruvchisi Wall's brendi vaziyatdan unumli foydalandi va o'zining ajoyib "The Solar Priceboard(Quyoshli narx taxtasi)" g'oyasini ishlab chiqdi.

Wall's o'zining quyosh panellari o'rnatilgan narx taxtasini ishlab chiqdi. Elektr uzilishi bilan ushbu panellar avtomatik ravishda ishga tushadi va do'kon muzlatgichlarini to'liq energiya bilan ta'minlay oladi.

Do'kon egalari mamnun. Xaridorlar xursand. Bolajonlar xohlagan paytda muzqaymoq yeya oladi.
Wall's tufayli endi bu yozda baxt erib ketmaydi.

Kreativ g'oyalar dunyoni o'zgartiradi.
Marketing Chet elda Biznes