Barcha xabarlar

We Digital va Sintez Ad Black Sea’da umumiy 7 ta mukofot qo‘lga kiritdi

We Digital va Sintez Ad Black Sea’da umumiy 7 ta mukofot qo‘lga kiritdi

14-16-sentyabr kunlari Gruziyada Ad Black Sea xalqaro reklama festivali bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston kreativ agentliklari jami 7 ta mukofot qo‘lga kiritdi — 4 ta kumush va 3 ta bronza.

We Digital agentligi TBC bank bilan qilingan In search of Uzbek identity loyihasi uchun 3 ta kumush va 3 ta bronza qo‘lga kiritdi. Bular Brand Experience & Activation, Creative Strategy, Digital & Mobile va Media yo‘nalishlari uchun berildi.

Sintez’ning Ishonch do‘konlar tarmog‘i bilan amalga oshirgan Not only the 8th of march loyihasi Media yo‘nalishida kumush qo‘lga kiritdi.

Agentliklarni tabriklaymiz, kreativlaringiz hech qachon tugamasin! :)

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Reklama O'zimizda