Video rolikdagisini tutib oling va haqiqiysini qo'lga kiriting
Siz ham tarixiy binolarni, quyoshni, oyni "ushlab turgandek" rasmga tushishishni yoqtirasizmi?
Obyekt bir joyda turgan bo'lsaku — bu oson. Agar obyekt harakatda bo'lsachi?
Evaziga Coca-cola berishsachi?
Coca-cola'ning keyingi kreativ kampaniyasi aynan shu haqida. Rasmga tusharkansiz led ekranlardagi Coca-cola idishini tutib oling va ijtimoiy tarmoqlarga #catchthecoke heshtegi ostida post joylang va Coca-cola iching.
Juda kam byudjet bilan "yuqumli" kreativ qilish deb shunga aytiladi