Barcha xabarlar

Britaniyada temir yo‘l kompaniyasi ko‘chalarga haqoratli bannerlar osib chiqdi

Britaniya ko‘chalarida “Sen ahmoq sigirsan”, “Sen g‘irt jinnisan”, “Sen keksa ahmoqsan” kabi haqoratli iboralar yozilgan bannerlar tarqaldi.

Ushbu bannerlar Britaniyaning South Western Railway temir yo‘l kompaniyasiga tegishli.

Kompaniya ushbu haqoratli iboralarni xodimlarining choy damlayotgan, ovqat pishirayotgan, dush qabul qilayotgan kabi kundalik hayoti aks etgan suratlar bilan bog‘lagan.

Kampaniyaning maqsadi odamlarni so‘zlari boshqa odamlarning hissiy holatiga qanday ta’sir qilishi haqida o‘ylashga targ‘ib qilishdir.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
2024-03-11 13:19 Chet elda