"Xiaomi" kompaniyasi Xitoyda uzluksiz faoliyat yuritadigan, umuman inson ishtirokisiz soniyasiga bitta smartfon yig'adigan robot zavod ochadi, deya xabar bermoqda "Gizmochina" nashri.
U yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifati maxsus ishlab chiqilgan aqlli mashinalar tomonidan nazorat qilinadi. Ta'kidlanishicha, zavodning ishlab chiqarish qobiliyati soniyasiga bitta smartfon bo'ladi va u 24 soat davomida ishlaydi.
"Xiaomi" bundan bir yil oldin "Smart Factory" haqida qisqa video chiqargan, endi esa kompaniya bosh direktori ishtirokida tanishtiruv videosi ham e'lon qilindi.
“Yangi aqlli zavod shunchaki tajriba emas, balki brend uchun allaqachon yetib borgan kelajak yo‘lidagi yana bir qadamdir”, — dedi “Xiaomi” bosh direktori Ley Jun.
Ta'kidlanishicha, "Xiaomi" yangi ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun 2,4 milliard yuan investitsiya qilgan. Pekindagi yangi zavod 81 000 kvadrat metr maydonini egallaydi.
Ushbu zavodda “Xiaomi MIX Fold 4” va “Xiaomi MIX Flip” buklamafonlarinni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.