Barcha xabarlar

Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan loyiha boshladi

Oxirgi kunlarda shahar ko‘chalarida Wayll nomli noma’lum reklama tizeri aylanayotgandi. Unda faqat kompaniya nomi va “Xalqqa ochiq” slogani ko‘rsatilgan, xolos.

Tadbirkor va sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Lolazor” podkastida Wayll unga tegishli ekani va qanday loyiha ekanini ochiqladi.

Unga ko‘ra, Wayll tadbirkorlik boshlash niyatida bo‘lib turgan ayollarni (faqat ayollar) qo‘llab-quvvatlaydi. Ortiqxo‘jayevning ta’kidlashicha, u xuddi bankdek ishlaydi, tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan ayol-qizlarga 50 million so‘mgacha foizsiz kredit beradi.

“Yosh (18-50) xotin-qizlar u yerda ishlab chiqarsa, 50 million so‘mdan pul, kredit beramiz. O‘sha yerda ishlab chiqarishi uchun. 6-7 oy turib ishlaydi, kimdir salat qilib beradi “Korzinka” uchun, kimdir keks pishirib beradi, kimdir boshqa xizmat ko‘rsatadi. 50 million so‘mdan foiz pul beramiz. 3-4 oydan keyin keladi, dekloratsiya to‘ldiradi, foyda qilgan bo‘lsa, 30 foizi bizga, 70 foizi o‘ziga. Foyda qilmagan bo‘lsa, biz rozimiz”, — deydi Ortiqxo‘jayev.

Ushbu loyiha haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
O'zimizda