Barcha xabarlar

Toshkentda II Xalqaro Digital Marketing Forum 2024 o‘tkaziladi

17-fevral kuni Hyatt Regency mehmonxonasida O‘zbekistondagi yagona katta formatdagi marketing forumi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Forum ikkita sessiyadan iborat bo‘lib, kunning birinchi yarimida raqamli marketing olamidagi yangiliklar va prognozlar muhokama qilinadigan Digital Marketing session o‘tkazilsa, kunning ikkinchi yarimida raqamli kontent generatsiyasi hamda blogerlar orqali brendni ilgari surish kabi mavzular o‘rin olgan Inflyuyenser sessiyasi o'tkaziladi.

Ishtirokchilar biznesni rivojlantirish, tovar va xizmatlarni tanitishda samarali raqamli vositalardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashadi. Bundan tashqari, forum yakunida Influencers Awards mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
2024-01-27 14:22 O'zimizda