Google SI poygasida ortda qolmoqchi emas, kompaniya Gemini’ni SuperBowl’da reklama qiladi
Google kompaniyasi dunyodagi eng qimmat reklama vaqti — “Super Bowl” turniri davomida oʻzining sun’iy intellekti boʻlgan “Gemini” haqida rolik chiqarmoqchi.
1,5 daqiqalik rolikda AQShda Gemini’ni oʻz biznesida faol qoʻllashni boshlagan tadbirkorlar hikoyasi namoyish etiladi. Ular SI ishlatishni boshlaganidan keyin biznes jarayonlari qanchalik osonlashgani haqida gapirib beradi. “Amerikadagi kichik bizneslar eng yaxshi vositalarga loyiq”, deyiladi video soʻngida.
Ma’lumot uchun, bu yil “Super Bowl”dagi reklama narxlari rekord darajada qimmatlashgan. Masalan, “Fox” telekanali sotgan 10 joyning har 1 daqiqasi 8 million dollardan turishi haqida kecha yozgan edik.