Barcha xabarlar

Endi GPTlarni ovozlisi bor: Yandex o‘z GPTsini Alisa’ga qo‘shdi

“Yandex” kompaniyasi “YandexGPT” neyrotarmog‘ini “Alisa"ga kiritdi. Endi tarmoq mavzuni tushunib, matn yozishi va g‘oyalarni taklif qilishi mumkin.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, “YandexGPT” superkompyuterlarda ikki bosqichda o‘qitilgan. Dastlab, unga kitoblar va internetdagi ommaviy matnlar ko‘rsatildi, undan keyin “mazmunli va yaxshi yozilgan javoblarning yuz minglab misollari” o‘rgatilgan.

Uni “Alisa” bilan “Yandex” ilovasida, brauzerda, stansiyalar hamda televizorlarda ishlatish mumkin. Buning uchun “Alisa"ga “Алиса, давай придумаем!” (Alisa, kel, o‘ylab ko‘raylik) buyrug‘ini berish kerak bo‘ladi.

Xo‘sh, Alisa bilan buni sinab ko‘rganlar bormi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Chet elda Digital