Barcha xabarlar

SI hatto mushuklarning ham hayotiga ta'sir o'tkazyapti

Avstraliyaning "Petkit" kompaniyasi mushuklar uchun maxsus "aqlli uycha" ishlab chiqdi. "Purobot Ultra" sun'iy intellekt bilan jihozlangan bo'lib, mushuk ortidan o'zi tozalaydi va uning sog'ligini kuzatib boradi.

Ushbu "uycha" bir vaqtning o'zida bir nechta mushukni eslab qololadi, ya'ni ularni eslab qolib, har biri haqidagi ma'lumotlarni alohida saqlaydi.

Bundan tashqari, "Purobot Ultra"da 360 gradusli kamera ham bor, uni smartfonga ulab, mushuklar holatini kuzatib borish mumkin.

Ushbu robot Avstraliyada $860 dan sotilmoqda.
Marketing Reklama Chet elda