"TBC Bank Uzbekistan" uchta manba – "TBC Bank Group", Yevropa tiklanish va tarqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasidan jami 38,2 mln dollar investitsiya jalb qildi. Bunda $23 mlnni "TBC Bank Group", ikki xalqaro tashkilot esa $7,6 mln dollardan sarmoya kiritgan.
Shu munosabat bilan dunyoning nufuzli nashri bo'lgan "Techcrunch" O'zbekistondagi TBC bank haqida katta maqola e'lon qildi.
Ta'kidlanishicha, mazkur mablag'lar mavjud mahsulot va xizmatlarni rivojlantirish va kengaytirish hamda yangilarini joriy etishga yo'naltiriladi.
Xususan, TBC egalik qiladigan "Payme" tizimiga moliyaga umuman aloqasi bo'lmagan xizmatlar, masalan, ko'ngilochar tadbirlar, sayohatlar va hokazolarga bog'liq bo'lgan bo'lim qo'shiladi. Ilovada allaqachon konsertlarga chipta sotuvi boshlangan.
Shuningdek, "Payme Nasiya" xizmatini esa oflayn formatga ham o'tkazib, "hozir sotib ol, keyin to'la" modelini joriy etish rejalashtirilgan. Bu koʻproq mahalliy korxonalarni jalb qilishi va pirovardida mobil bankning koʻproq mijozlarga ega boʻlishiga yordam berishi kutilmoqda.
TechCrunch'da qayd etilishicha, yuqoridagilardan tashqari bank o'z mahsulotlariga sun'iy intellektni ham qo'shadi. Hozirda katta til modeli yaratilgan. TBC Bank'ning xalqaro operatsiyalar bo'yicha direktori Olivyer Hyuz nashrga ma'lum qilishicha, bu ilovaga qo'shiladigan "aqlli" ovozli assistent bo'ladi.
Avvalroq Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish Banki (YTTB) "Credit Asia" maishiy texnika do'konlari tarmog'iga 10 million dollar kredit ajratgani haqida xabar berilgandi .