Barcha xabarlar

Bir o'q bilan to'rt quyonni urish

McDonald's Shvetsiya ko'chalarini axlatdan tozalash uchun ijtimoiy reklama kampaniyasini boshladi .

McDonald's ilovasiga yangi skanerlash funksiyasi qo'shildi. Endi fast food qadoqlarini axlat qutisiga tashlayotganda skanerlash va buning uchun ball yig'ib Makdonaldsda bepul burger olish mumkin.

Qiziq tomoni, McDonald's nafaqat o'z mijozlari, balki Burger King, KFC va boshqalar raqobatchilari qadoqlarini ham axlatga tashlangani uchun ballar taqdim etadi.

Raqobatchilarga muloyimlik bilan ta'sir o'tkazishga ajoyib misol.

Ham yaxshilik qilasiz, ham tanilasiz, ham raqobat qilasiz va hatto ilovalaringiz yuklab olinishini ham oshirasiz.

2024-05-13 18:35 Marketing Chet elda Reklama