O’zbekistonda yangi mobil operator paydo bo’ladi. Uning nomi - OQ. Bu haqida operator o’zining sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon bergan.
Undan tashqari, shaharlarda bir qancha tashqi reklama ham joylashtirilgan.
Vizual, nom va shiorga qaraydigan bo’lsak, yangi operatorni katta ehtimol bilan “low coster” deyish mumkin. Ya’ni narxlari arzon, tariflari esa o’zgaruvchan, moslashuvchan bo’ladi. Bu bozorda hozircha faqat Humans bor.
Narxlarni arzonlashtirish uchun esa ular boshqa yirik operatorlarning telekommunikatsion texnologiyalaridan, antennalari va boshqa jihozlaridan foydalanishadi. Win-win-win.
Avvallari haqiqiy raqobat bo’lgan paytda aloqa va internet narxlari qisqa vaqtda juda arzonlashib ketgandi. Keyin ular birlashib oxirgi narxni kelishib olishgan. Endi yana ozgina siljish bo’ladi. Yaxshi signal.
UPD. OQ.uz saytida, kompaniya Beeline(Unitel MCHJ)ga tegishli ekanligi yozilgan.