Barcha xabarlar

Meta va O‘zbekiston raqamlarda

Admixer — Meta’ning O‘zbekistondagi rasmiy sotuvchisi — Meta bilan bog‘liq ma’lumotlar va raqamlar bilan o‘rtoqlashdi.

Unga ko‘ra, O'zbekistonda Meta auditoriyasi 9.1 million foydalanuvchiga yetgan, Instagram’da esa 7.6 million. Foydalanuvchilarning 98.7% qismi, mobil qurilmalar orqali ushbu xizmatdan foydalanadi. Umumiy foydalanuvchilarning 41% ulushi Toshkent hududiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu bilan birga, Admixer 2024-yilgi O‘zbekistonning umumiy reklama bozorini 206 million AQSH dollarga baholamoqda, shundan 100 million dollarini raqamli segment tashkil qiladi. Raqamli segment juda tez o‘sib bormoqda. Bunga misol, Meta auditoriyasi bir yil ichida 65% ga o‘sgani

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
2024-03-07 11:59 Chet elda