Barcha brendlar sun’iy intellekt qo‘llayotgan bir paytda Tropicana undan voz kechmoqchi
Amerikaning mashhur Tropicana sharbatlari o'z nomini o'zgartirdi. Vaqtinchalik.
Boshqa brendlar sun’iy intellekt yordamida turli xil reklama kampaniyalarini amalga oshirishga urinayotgan bir paytda, Tropicana sharbat brendi aksincha — sun’iy intellektdan voz kechishga qaror qildi.
O‘zgacha uslubda yondashib, brend nomidan A va I harflarini olib tashlashdi. Shunday qilib, yangi cheklangan nashrdagi Tropcn apelsin sharbati idishlari bilan ular100% tabiiy va 0% sun’iy sharbatlar ishlab chiqarishiga urg'u bergan.