Yirik brendlar Rossiyada qayta ishlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda
2022-yilda Ukrainaga qarshi urush boshlangandan so‘ng Rossiyada o'z mahsulotlarini sotishdan bosh tortgan yirik kompaniyalar — Samsung, Honor, Xiaomi va Acer mamlakatda yana reklama faoliyatini qayta boshladi.
NMi Group reklama xoldingi “Kommersant”ga “ba'zi G‘arb brendlari 2023-yilda Rossiya bozorida marketing faoliyatini qayta boshlaganini” tasdiqladi. Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, “marketingga investitsiyalar 2022-yilda nol bazadan o‘sib, 2021-yildagi ko‘rsatkichlardan 2-5 foizga oshdi”.
Yirik chakana savdo tarmog'ining top-menejerlaridan biri sanksiyalar xavfi tufayli kompaniyalar “treyd marketing”dan foydalanishini aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, brend reklama byudjetini va reklama strategiyasini boshqarish huquqini butunlay uchinchi shaxslarga o‘tkazadi, ko‘pincha bozorlar, chakana sotuvchilar va distribyutorlar bu rolni o‘ynaydi.
“Kommersant” nashri bilan suhbatlashgan ekspertlarning fikricha, reklamaning ko‘payishiga qaramay, brendlar o‘z bozor ulushini oshirishda qiynaladi.