Barcha xabarlar

“Costco” qanday qilib amerikaliklarning xarid odatlarini oʻzgartirdi?

100 milliondan ziyod odam “Costco”ga kunlik xaridlar uchun tashrif buyuradi va bu hammasi emas, ular, shuningdek yoqilg‘i, televizor, oltin quymalari va hokazolarni ham sotib oladi. Lekin bunga pul tejash yagona sabab bo‘lmasligi mumkin.

Dunyoning uchinchi eng yirik chakana savdo tarmog’i bo’lgan “Costco” oxirgi 40 yil ichida amerikaliklarning xarid qilish odatlarini o’zgartirib, katta miqdorda xarid qilishni va katta qiymatdagi mahsulotlarni oziq-ovqat xaridlarida muntazam holga keltirdi.

“Ular hammaniki bilan bir xil oziq-ovqat sotishyapti. Mahsulotlar boshqacha emas. Lekin ular madaniyat yaratdi”, deydi Oregon shtatida joylashgan Launchpad oziq-ovqat brendi inkubatorining prezidenti, “Costco” do‘konlariga mahsulot joylashtirish bo‘yicha mutaxassis Jeremi Smit.

“Costco”ning asosiy mahsuloti boʻlgan $1,50 lik hot-dog va gazli ichimlik kombinatsiyasi 1985-yildan beri oʻz narxini oʻzgartirmagan, bu chakana savdo tarmogʻining arzon narxlar bilan bogʻliq obroʻsining bir misolidir.

Jim Sinegal — “Costco”ning avvalgi bosh direktori, do‘konning cheklangan miqdordagi “treasure-hunt” takliflari haqida shunday deydi: “Biz xaridorlarda shoshilish hissini yaratishga harakat qilamiz: agar siz mahsulotni koʻrsangiz, uni darhol xarid qilganingiz ma’qul, chunki keyingi safar u boʻlmasligining ehtimoli katta”.

Bu takliflarga “Burberry” sumkalari ($1,000) va bir untsiya oltin quymalari (taxminan $2,000) kiradi.

2024-08-28 21:17 Tavsiya Reklama Chet elda Biznes