Barcha xabarlar

Startup Garage: Yangi g‘oyalar uchun innovatsion maydon.

20-iyul kuni yurtimizda yana bir katta qadam tashlandi — "Startup Garage" loyihasi rasman ochildi! Ushbu innovatsion maydon yangi g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, tadbirda O‘zbekistondagi yetakchi banklar va kompaniyalar rahbarlari, shuningdek, raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov ham ishtirok etdi.
Tadbirda MagicBot, Pulseev.uz, Ish.uz, Ameen Group kabi muvaffaqiyatli startaplar taqdim etildi, bu esa yangi startapchilar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi.

Networking va Pitch-sessiyalar

Tadbir davomida qatnashchilar pitch-sessiyalarda o‘z g‘oyalari va tajribalarini bo‘lishdilar. Bu sessiyalar bank rahbarlari va startap asoschilarining hamkorlik rejalarini va investitsiya masalalarini muhokama qilishlari uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.

Kelajak sari qadamlar

"Startup Garage" nafaqat istiqbolli loyihalar rivojlanishi uchun zarur resurslarni topish, tajriba almashishda hizmat qiladi, balki butun jamiyat uchun yangi imkoniyatlar va taraqqiyotga yo‘l ochadigan markaz bo‘lishiga ishonamiz. Innovatsion g‘oyalar va yangi texnologiyalar yurtimizni yanada rivojlantiradi.
Tavsiya Marketing Biznes O'zimizda