Tahrirchi.uz servisi Google Chrome uchun kengaytma (extension)ni beta variantda chiqarishibdi.
Ushbu kengaytma ingilizcha yozishda juda qo'l keladigan Grammarly servisining o'zbek tili uchun analogi desak to'g'ri bo'ladi. Savodli yozishimizda qo'l keladigan yana bir "yordamchi" borligi quvonarli.